
Andijondagi maktabda janjal qilgan oʻquvchi qizlarning ota-onalariga chora koʻriladigan boʻldi
Holat sabab oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan OʻzMJTKning 47-moddasini qoʻllanishi belgilandi. Mazkur sinf rahbari ham vazifasidan ozod etildi.

Holat sabab oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan OʻzMJTKning 47-moddasini qoʻllanishi belgilandi. Mazkur sinf rahbari ham vazifasidan ozod etildi.

Tuproq ortilgan «HOWO» rusumli yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda haydovchi transport vositasi boshqaruvini yoʻqotgan va bir necha mashina bilan toʻqnashgan.

Andijondagi davlat tashkilotlarini Bobur shahriga koʻchirish hisobiga boʻshaydigan bino va maydonlar savdo hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. 30 ta maʼmuriy binoni koʻchirish orqali biznes uchun 70 ming kvadrat metr joy boʻshaydi. Buning hisobiga qoʻshimcha 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilish va kamida 20 ming ish oʻrni yaratish imkoniyati bor.

Prezident elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari zanjirini yoʻlga qoʻyish muhimligini taʼkidladi. Kelgusi yil viloyatda kamida 10 foiz iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Soʻnggi oʻn yilda viloyatga respublika byudjetidan 20 trillion soʻm, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion soʻm ajratildi. Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Prezident koʻcha boʻylab sayr davomida aholi va tadbirkorlar bilan samimiy muloqot qildi.

Mazkur parrandachilik klasteriga 2010 yilda asos solingan. Bugungi kunda uning Andijon viloyatida 5 ta, Namangan viloyatida 3 ta xoʻjaligi mavjud. Toshkent viloyatidagi korxonada esa parrandalar uchun ozuqa ishlab chiqariladi. Klasterda ozuqa tayyorlash, parranda boqish, soʻyish, goʻshtni qayta ishlash, qadoqlash va isteʼmolchiga yetkazib berishni qamrab olgan toʻliq ishlab chiqarish zanjiri yaratilgan.

“Huawei” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan 5G texnologiyasi asosidagi “aqlli” hisoblagichlar suv sarfi va sifati, qurilmalarning texnik holati hamda balansni onlayn kuzatish imkonini beradi. Korxonada yiliga 15 turdagi 1 million dona “aqlli” suv hisoblagich ishlab chiqariladi.

Prezidentimiz ramziy tugmani bosib, 98 ta yangi loyihani ishga tushirdi. Loyihalar energetika, qurilish, toʻqimachilik, mashinasozlik, taʼlim, turizm, logistika, farmatsevtika va sogʻliqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi.

Andijon viloyatidagi mavjud suv manbalari “yashil” energetikani rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Xususan, Katta Fargʻona kanalining barqaror suv oqimi mikro va kichik GESlar qurish uchun qulay hisoblanadi.

Prezident dastlab Andijon xalqaro aeroportidagi ishlar bilan tanishdi. Hozirda rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Uning doirasida umumiy maydoni 19 ming 685 kvadrat metr boʻlgan ikki qavatli zamonaviy terminal binosi barpo etilmoqda.

U fuqaroning umumiy ovqatlanish shoxobchasida kelgusida favqulodda vaziyatlar boʻyicha tekshiruv oʻtkazmaslik va tekshiruvchilar kelgan taqdirda uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul soʻragan.